
Jarrohlik
Murodov Devrat Husniddinovich
Jarroh — umumiy jarrohlik va endoxirurgiya mutaxassisi.
- Umumiy tibbiy mehnat staji
- 5 yildan ortiq
- Tug‘ilgan yili
- 1997
Asosiy mutaxassislik yo‘nalishlari
- Umumiy jarrohlik
- Endoxirurgiya — endoskopik jarrohlik amaliyotlari
Murodov Devrat Husniddinovich 1997-yil 26-avgustda tug‘ilgan. 2013–2019-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olgan.
2019–2021-yillarda Belarusning Minsk shahridagi diplomdan keyingi ta’lim tibbiyot akademiyasida (BelMAPO) umumiy jarrohlik yo‘nalishi bo‘yicha ordinaturani tamomlagan.
2021-yildan buyon GOLDEN VODIY klinikasida jarroh sifatida faoliyat yuritadi.
2022-yil yanvar–iyun oylarida endoxirurgiya bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan.

