
Jarrohlik
Ibragimova Maxliyoxon Sayidalixon qizi
Mammolog — umumiy onkologiya bo‘yicha magistr, xirurgiya bo‘limi mutaxassisi.
- Umumiy tibbiy mehnat staji
- 5 yildan ortiq
- Tug‘ilgan yili
- 1992
Asosiy mutaxassislik yo‘nalishlari
- Mammologiya — sut bezi kasalliklarini tashxislash va davolash
- Umumiy onkologiya
- Umumiy amaliyot shifokori
Ibragimova Maxliyoxon Sayidalixon qizi 1992-yil 4-sentyabrda tug‘ilgan. 2017-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini «Umumiy amaliyot shifokori» yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
2021-yilda Andijon davlat tibbiyot instituti magistraturasini umumiy onkologiya yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan.
2021-yildan buyon Andijon davlat tibbiyot institutining onkologiya kafedrasida faoliyat yuritadi.
2025-yilda Germaniyada onkologiya bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etgan.
2025-yildan buyon GOLDEN VODIY klinikasining xirurgiya bo‘limida mammolog sifatida bemorlarni qabul qiladi.

