
Onkologiya
Isakov Muxtorjon Uzokovich
Onkolog, mammolog — onkologiya sohasida 19 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis.
- Umumiy tibbiy mehnat staji
- 19 yildan ortiq
- Tug‘ilgan yili
- 1979
Asosiy mutaxassislik yo‘nalishlari
- Onkologiya — onkologik kasalliklarni tashxislash va davolash
- Mammologiya — sut bezi kasalliklarini tashxislash va davolash
Isakov Muxtorjon Uzokovich 1979-yil 7-avgustda tug‘ilgan. 2004-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan.
2004–2007-yillarda onkologiya yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
2007–2018-yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filialida vrach-onkolog bo‘lib ishlagan.
2014–2018-yillarda shu filialda uslubiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2018-yildan buyon GOLDEN VODIY klinikasida onkolog va mammolog sifatida bemorlarni qabul qiladi.


