
Xalilova Maftunabonu Xusniddin qizi
Vrach-xirurg, onko-ginekolog — Sankt-Peterburgda onkologiya-ginekologiya ordinaturasini tamomlagan.
- Umumiy tibbiy mehnat staji
- 5 yildan ortiq
- Tug‘ilgan yili
- 1994
Asosiy mutaxassislik yo‘nalishlari
- Onko-ginekologiya — ayollar onkologik kasalliklarini tashxislash va davolash
- Ginekologik jarrohlik
- Umumiy xirurgiya
Xalilova Maftunabonu Xusniddin qizi 1994-yil 1-iyunda tug‘ilgan. 2012–2014-yillarda Ukrainaning Dnepropetrovsk tibbiyot akademiyasida (DDMU) tahsil olgan.
2014–2018-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
2018–2020-yillarda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetida onkologiya-ginekologiya ordinaturasini tamomlagan.
2025–2026-yillarda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida umumiy xirurgiya mutaxassisligi (1.23-kod) bo‘yicha ixtisoslik kursini tamomlagan.
2021-yildan buyon GOLDEN VODIY klinikasida vrach-xirurg onko-ginekolog bo‘lib faoliyat yuritadi.

