Xalilov Jamshidbek Ibroximjon o‘g‘li
Urologiya

Xalilov Jamshidbek Ibroximjon o‘g‘li

Urologiya bo‘limi mudiri

Urolog, androlog, onkourolog, uroginekolog, endourolog — rekonstruktiv jarrohlik va lazerli xirurgiya bo‘yicha ekspert jarroh.

Umumiy tibbiy mehnat staji
8 yildan ortiq
Tug‘ilgan yili
1992

3000+

Umumiy urologik operatsiya

1000+

HoLEP amaliyoti

2000+

Tosh operatsiyasi

15 000+

Qabul qilingan bemor

700–1200

Yiliga operatsiya

Asosiy mutaxassislik yo‘nalishlari

  • Rekonstruktiv urologiya — barcha turdagi laparoskopik rekonstruktiv operatsiyalar, LMS plastikasi, Boari operatsiyasi, siydik qopi saratonida ichakdan rezervuar yasash
  • Uroginekologiya — ayollarda siydik tutolmaslik va bachadon tushishi muammolarini protez yordamida laparoskopik usulda bartaraf etish
  • Endourologiya — prostata bezi adenomasida lazer yordamida HoLEP, ThuLEP va TUEB amaliyotlari; siydik-tosh kasalligida barcha turdagi operatsiyalar
  • Andrologiya — erkaklar bepushtligida Micro-TESE, varikotselеda Marmar usulida mikroskopik amaliyot, erektil disfunksiyada penil protez o‘rnatish
  • Onkourologiya — buyrak saratonida laparoskopik rezeksiya va nefrektomiya, siydik qopi saratonida TURP va laparoskopik sistektomiya

Xalilov Jamshidbek Ibroximjon o‘g‘li 1992-yil 9-dekabrda tug‘ilgan. 2010–2017-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan (diplom № 914009).

2018–2020-yillarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi I. I. Mechnikov nomidagi Shimoli-G‘arbiy davlat tibbiyot universitetida urologiya yo‘nalishi bo‘yicha ordinaturani tamomlagan. 2020-yil 14-avgustda urolog mutaxassislik sertifikati va litsenziyasini olgan (№ 107827 007476, reestr 38/20).

2020-yildan buyon GOLDEN VODIY klinikasida urologiya bo‘limini boshqaradi. Shuningdek Andijondagi Family Med (2022-yildan) va Toshkentdagi iMedClinic (2023-yildan) klinikalarida ham urologiya bo‘limlariga rahbarlik qiladi.

Kasbiy faoliyati davomida 3000 dan ziyod yuqori texnologik urologik operatsiya bajargan: shundan 1000 dan ortig‘i HoLEP, 2000 dan ortig‘i siydik-tosh amaliyotlari. 15 000 dan ortiq bemorni qabul qilgan, har yili 700–1200 ta operatsiya o‘tkazadi.

50 dan ortiq yosh urologni tayyorlab, ularga ustozlik qilgan. Malakasini muntazam xalqaro markazlarda oshirib boradi: 2023-yilda Turkiyaning Bursa shahridagi HAYAT klinikasida onkourologiya va Istanbuldagi ACIBADEM klinikasida, 2024-yilda Sankt-Peterburgda uroginekologiya bo‘yicha, 2025-yilda Janubiy Koreyaning Seul shahrida KUA anjumanida malaka oshirgan.

2026-yilda Italiyaning Rim shahrida o‘tkazilgan ICE xalqaro anjumanida maruza qilgan hamda Angliyaning Kembrij universiteti Homerton kollejida malaka oshirgan. Yevropa Urologlar Assotsiatsiyasi (EAU) va ICE a’zosi. Hozirda PhD ilmiy darajasi ustida ishlamoqda.

Xorijdan keladigan bemorlar uchun transfer, mehmonxona, tarjimon va masofaviy ko‘rik xizmatlari mavjud.

“Har bir bemorga o‘z yaqinlarimdek yondashaman” — shifokorning kasbiy tamoyili shunday.