Latipov Rustamjon Jahongirovich
Nevrologiya

Latipov Rustamjon Jahongirovich

Nevrolog, jarroh — umumiy jarrohlik magistri, ADTI xirurgiya kafedrasi xodimi.

Umumiy tibbiy mehnat staji
8 yildan ortiq
Tug‘ilgan yili
1993
+998 93 429 70 70

Asosiy mutaxassislik yo‘nalishlari

  • Nevrologiya
  • Umumiy jarrohlik
  • PRP terapiyasi (plazma lifting)
  • Umumiy amaliyot shifokori

Latipov Rustamjon Jahongirovich 1993-yil 13-aprelda tug‘ilgan. 2018-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavriaturasini «Umumiy amaliyot shifokori» yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

2022-yilda shu institut magistraturasini umumiy jarrohlik yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan.

2018–2022-yillarda 6-sonli oilaviy poliklinikada umumiy amaliyot shifokori hamda shahar tez tibbiy yordam xizmatida shifokor bo‘lib ishlagan.

2022-yilda Misrda jarrohlik bo‘yicha xalqaro konferensiyada, 2025-yilda esa Rossiyada PRP (plazma lifting) bo‘yicha amaliyotda ishtirok etgan.

2022-yildan buyon Andijon davlat tibbiyot instituti xirurgiya kafedrasida faoliyat yuritadi.

2025-yildan buyon GOLDEN VODIY klinikasining nevrologiya va xirurgiya bo‘limlarida bemorlarni qabul qiladi.