Ibroximov Islombek Muhammad Ismoil o‘g‘li
Travmatologiya-ortopediya

Ibroximov Islombek Muhammad Ismoil o‘g‘li

Travmatolog-ortoped — bo‘g‘im kasalliklari va sport jarohatlarini zamonaviy usullarda konservativ va operativ davolash.

Umumiy tibbiy mehnat staji
2025-yildan buyon
Tug‘ilgan yili
1997
+998 90 170 64 64

Asosiy mutaxassislik yo‘nalishlari

  • Tizza va son-chanoq bo‘g‘imi kasalliklari
  • Sport jarohatlari va bo‘g‘im shikastlanishlari
  • Artroskopik jarrohlik
  • Artroz, artrit va koksartroz
  • Tovon shporasi
  • Gigroma
  • Aseptik nekroz
  • Artroplastika va bo‘g‘im endoprotezlash

Ibroximov Islombek Muhammad Ismoil o‘g‘li 1997-yil 22-sentyabrda tug‘ilgan. 2016–2020-yillarda Rossiyaning Astraxan davlat tibbiyot akademiyasida tahsil olgan.

2020–2023-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining davolash ishi yo‘nalishini tamomlagan.

2023–2025-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida travmatologiya-ortopediya mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan.

Bo‘g‘im kasalliklari va jarohatlarni zamonaviy usullarda konservativ hamda operativ davolash bo‘yicha faoliyat yuritadi.